[readimg]https://static.sports.uz/crop/b814d77beeeb04f7358dcc7f30e47624.jpg[/readimg]Hozircha ishtirokchilarning 12 tasi nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Xabaringiz bor shu kunlarda qo‘hna qit’ada Evro-2020 saralash bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Kechagi o‘yinlardan so‘ng yana ikki terma jamoa – Shvetsiya va Finlyandiya ham Evropa chempionatiga yo‘llanmani naqd qildi. Eslatib o‘tamiz, bungacha Angliya, Belgiya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Turtsiya, Ukraina, Frantsiya va Chexiya terma jamoalari Evro-2020 masalasini hal qilishgan edi. Ma’lumot uchun, bu safargi Evropa chempionati qit’aning 11 ta shahrida bo‘lib o‘tadi.