[readimg]https://stadion.uz/images/news/todibo.jpg[/readimg] [b]Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy himoyachisi Jan-Kler Todibo qishki transfer bozorida boshqa klubga o'tishi mumkin. Ayni paytda 19 yoshli frantsiyalik futbolchining ijaraga berib yuborish varianti ko'rib chiqilmoqda. le10sport.fr saytining xabar berishicha, Germaniyaning «Bayer» klubi Todiboni ijaraga olishi mumkin.[/b]