Usmon Dembele Frantsiyaning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishi ehtimoli yuqori.
Vinger juma kungi mashg'ulotni "Barselona"da boldiridan olgan jarohati sabab o'tkazib yubordi. Uning Daniyaga qarshi o'yinda ishtirok etishi istisno qilinmayapti, ammo bu so'roq ostida.
Avstriyaga qarshi o'yinda (2:0) Dembele 11 daqiqani maydonda o'tkazdi.
Ertaga, 25 sentyabr kuni Millatlar Ligasining 6-turidan o'rin olgan Daniya hamda Frantsiya o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqt bilan 23:45 da start oladi.
Fikrlar 0