[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/ld/7hBTYf38zUOpsTUsupSB16QgdjcudA_normal.jpg[/readimg] Ispaniya milliy jamoasi Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Shvetsiyaga qarshi o‘yinda durang qayd etdi (1:1) va Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Robert Moreno shogirdlari F guruhida 20 ochko to‘plagan holda chempionatning yakuniy qismiga borish masalasini kafolatlashdi. Shu tariqa, Ispaniya Yevropa chempionatida ketma-ket 7-marta qatnashadi. Bu milliy jamoalar orasidagi rekord hisoblanadi. «Qizil furiya» 1996 yildan buyon Yevropa chempionatlarida muntazam qatnashib kelmoqda