[readimg]https://stadion.uz/images/news/uzb-ple-anons.jpg[/readimg] [b]O'zbekiston va Falastin terma jamoalarining o'zaro o'yini oldidan ertaga, 18 noyabr kungi tadbirlar rejasi aniq bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirokidagi matbuot anjumani “Paxtakor” stadionida soat 15:30da boshlanadi. Jamoamizning rasmiy mashg'uloti esa 16:00da start oladi va 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi. Falastin terma jamoasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani 16:45da boshlanadi. Soat 17:15da esa Falastinlik futbolchilar “Paxtakor” stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.[/b]