Eslatib o'tamiz, o'yinchi Frantsiya terma jamoasi safida Millatlar ligasi doirasidagi o'yinda jarohat oldi.

"Imkon qadar tezroq qaytish uchun ishlamoqdaman", — deb yozdi futbolchi.

Kunde son mushagidan jarohat oldi. Uning tiklanish muddati ma'lum emas.

Himoyachi joriy mavsum "Barselona" safida umumiy 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.