Barcelona
[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/Cs/psSrq1643rXJBLQdXPqFhhiLoGQ6Zx_normal.jpg[/readimg]
«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Uels – Xorvatiya o‘yinida (1:1) jarohat olgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, yarimhimoyachining o‘ng soni shikastlangan. As'ning xabariga ko‘ra, jarohatdan tiklanish kamida 3-4 kunni tashkil qiladi.
Shunday qilib Modrichning La Liga doirasidan o‘rin olgan «Malorka» va «Barselona»ga qarshi o‘yinlarda, Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Galatasaroy» bilan bahsda maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi.
Ma’lumot uchun, «Barselona» – «Real» jamoalari o‘rtasidagi «El Klasiko» 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
UB
Fikrlar 0