[b]Zagreb "Dinamo" klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Dani Olmo o‘zining kelajagi haqida to‘xtalib o‘tdi va qishda “Barselona”ga qaytishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. "Nima ro‘y berishini hozircha bilmayman. Hech qanday taklifni rad etmayman, ammo hozir "Dinamo" futbolchisiman. "Barselona"ning uslubi — to‘pga bir teginish va maydonda tinimsiz harakat qilish. Xorvatiya futbolida ham shunday, men buni o‘zlashtirdim", - dedi Sport.es saytiga.[/b]