[b]Slovakiya terma jamoasi himoyachisi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. "Inter" himoyachisi Martin Shkrinyar Ispaniyaning ikki grand klubi "Barselona" va "Real Madrid" e'tiborini tortdi. Bu haqida Corriere dello Sport xabar bermoqda. Slovakiyalik futbolchining milanliklar bilan tuzgan yangi bitimida, futbolchining transfer narxi qayd etilmagan.Avvalroq, "Inter" Shkrinyarni 60 mln evroga sotishdan bosh tortgan edi. Milan klubi himoyachi borasida yanvar oyida takliflar olishi mumkin, ammo transfer yozda amalga oshishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, Shkrinyar A Seriyaning joriy mavsumida 12ta o`yin o'tkazib, bitta golli o`zatmani amalga oshirdi.[/b]