Barcelona
[readimg]https://blaugrana.ru/wp-content/uploads/2019/11/4f274a11a8784104a62dde5cf8e2b9af500x500-2x.jpg[/readimg]
[b]Todibo ushbu mavsumda deyarli maydonga tushmadi. Arauxo debyutida qizil kartochka oldi va atigi 14 daqiqa o'ynadi.
Mundo Deportivo vakili Migel Rikoning so'zlariga ko'ra, Ernesto Valverde Ronald Arauxoni Jan-Kler Todibodan afzal ko'radi. Shunday qilib, jurnalist kelajakda frantsiyalikni transferga qo’yishga tayyor bo'lishi mumkinligini qo'shimcha qildi.
Qizig'i shundaki, futbolchilardan hech biri deyarli bu mavsumda maydonga tushmadi. Todibo ushbu mavsumda "Barca" uchun 77 daqiqa o'ynadi. U maydonga "Xetafe" ga qarshi uchrashuvda Kleman Langle (diskvalifikatsiya) yo'qligida kiritildi. Keyingi uchrashuvda 19 yoshli futbolchi birinchi daqiqalardan boshlab o'ynadi, ammo charchaganligi sababli ikkinchi bo'limda almashtirishni so'radi.
O'sha o'yinda qizil kartochka olgan futbolchi Arauxo maydonda bor-yo'g'i 14 daqiqa vaqtni o'tkazdi, chunki oxirgi vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi. Urugvaylik "Barsa-B" uchun to'qqiz uchrashuv o'tkazdi va bitta gol urdi. Ronald mavsumoldi yig’inlatni bosh jamoa bilan o'tkazgan edi.[/b]
UB
Fikrlar 1
Bz esa valverdeni orniga kuman yoki gvardiolani afzal koryapmz