"Chelsi" yarim himoyachisi N’Golo Kante "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda jurnalist Xose Alvares xabar berdi.
Frantsiyalik futbolchi yozda "ko'klar"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Uning London klubi bilan kelishuvi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq PSJ Kante masalasida "Chelsi" bilan muzokara o'tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar 0