[b]Abidal: Men Grizmann bilan ko'p gaplashib turaman. U hozir yangi jamoaga o'tgan va adaptatsiya jarayoni oson bo'lmasligini yaxshi biladi, ammo bu futbolchi jamoaga ko'p narsa bera oladi va murabbiy ham buni tushunib turibdi. Antuan himoyada ham yordam beradi va bir nechta pozitsiyalarda ham o'ynashi mumkin. U bizning jamoaga Chempionlar ligasini yutish uchun keldi. U hozir yaxshi formada emasligini biladi va buni faqat mashaqqatli mehnat bilan to'g'irlash mumkin. Ko'p yaxshi darajadagi futbolchilar bizga kelgach bir yilda ham jamoaga ko'nikib ketisha olmagan. Sabrli bo'lish kerak. "Barselona" falsafasi oson emas.[/b]