Sport.es ma'lumotlariga qaraganda, "ko'k-anorranglilar" 35 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishni istamayapti va ispaniyalik futbolchi bilan tezroq xayrlashish imkoniyatlarini qidirmoqda.

Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Tajribali himoyachi joriy mavsumda 7 ta o'yinda maydonga tushdi. 

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi so'nggi o'yinlarda Pikeni markaziy himoyachilar etishmovchiligi tufayli maydonga tushirdi.