Bu haqda "L'Équipe" sahifalarida xabar berildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 25 yoshli hujumchining transferiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar Robert Levandovski ketganidan keyin yangi markaziy hujumchi izlamoqda. Bundesliga chempioni xo'jayinlari Tyuramning transferi bo'yicha taklif tayyorlamoqda.

Markus joriy mavsum "Borussiya" safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma qayd etdi. Uning gladbaxliklar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar 0