Barcelona
Abidal: "Rakitichga u kamroq o'ynashi haqida ogohlantirildi"
"Barselona" ning texnik kotibi Erik Abidal yarim himoyachi Ivan Rakitichning jamoadagi o'rni haqida gapirdi. Uning ta'kidlashicha, xorvatya likni o'yin vaqti qisqartirilishi haqida ogohlantirilgan.
- Murabbiy mavsum boshida Ivan avvalgidan kamroq o'ynashini e'lon qildi, - deya Abidalning so'zlarini keltiradi ElMundoDeportivo.
- Men u bilan gaplashdim. Biz uning uchun bu qiyin vaziyat ekanligiga rozi bo'ldik, chunki u boshlang'ich tarkibdagi o'yinchi holatidan almashtiriladigan o'yinchi holatiga o'tdi. Men unga yordam berishni xohlayman. Ammo bu biz tan olishimiz kerak bo'lgan sport tanlovidir. Keling, buni qanday hal qilishni ko'rib chiqaylik.
UB
Fikrlar 0