«Barselona» etti futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Klubning eng asosiy maqsadi — hujumchi Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirish. Shuningdek, jamoa Aleks Balde, Inyaki Penya, Markos Alonso, Ektor Belerin, Serxio Buskets va Serxi Robertoga yangi shartnoma taklif qilishi kutilmoqda.