“Barselona”sida o'zini ko'rsata olmagan yarim himoyachi Frenk Kessie faoliyatini “Tumanli Albion”da davom ettirishi mumkin. Sport.es xabariga ko'ra, afrikalik futbolchining transferiga Angliya premer-ligasining ikki vakili qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, Londonning "Fulxem" va Birmingemning "Aston Villa" klublari 25 yoshli yarim himoyachiga shartnoma taklif qilishga tayyor. Birinchisi transfer uchun 22 million evro, ikkinchisi esa 14 million evro sarflashi mumkin.