
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Frank Kessie faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi Relevo.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar zaxira o'rindig'ida qolib ketayotgan 25 yoshli yarim himoyachiga "Aston Villa" va "Fulxem" shartnoma taklif qilmoqchi.
Ayrim manbalarda "Fulxem" "Barsa"ga 22 million evro taklif qilishga tayyor ekanligi qayd etilgan.
Kessiening amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar 0