
"Barselona" vingeri Usmon Dembele "Chelsi"ning radarida. London klubi mavsum oxirida Dembelening tovon puli 50 million evrogacha kamayishi haqidagi xabarlardan keyin frantsiyalik futbolchini kelasi yozda sotib olmoqchi.
O'tgan yozda "Chelsi" Usmon Dembele bilan bog'langan edi, ammo keyin futbolchi "Barselona" bilan yangi shartnomasini imzolashni tanladi.
2022/2023 yilgi mavsumda 25 yoshli Usmon Dembele “Barselona” safida turli musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda frantsiyalik futbolchi beshta gol va sheriklariga ettita golli uzatma yozdirib qo'ydi.
Fikrlar 0