"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi moliyaviy muammolar tufayli qishki transfer oynasida o'yinchilarni xarid qila olmasligini aytdi.

"La Ligadagi moliyaviy feyr-pley shartlari tufayli yanvar oyida hech kim bilan shartnoma imzolay olmaymiz. Biz chempionat rahbariyatini o'z talablari bo'yicha yanada moslashuvchan bo'lishiga ishontirish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz", - dedi Laporta.

2022 yilning yozida "Barselona" yangi transferlar uchun "moliyaviy dastaklar"ni ishga tushirdi.

Bu yil yozgi transfer oynasida “Barselona” 7 nafar futbolchini jami 153 million evroga sotib oldi.