«Barselona» rahbariyati hujumchi Robert Levandovski 3ta o'yinga chetlatish haqida Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan chiqarilgan qaror ustidan apellyatsiya beradi.Eslatib o'tamiz, polshalik o'yinchi "Osasuna"ga qarshi bahsda qizil kartochka olgani uchun bitta, hakamga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun 2ta o'yinga — jami 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. «Barsa» ushbu qaror yuzasida apellyatsiya berishini e'lon qildi. Agar qaror o'z kuchida qolsa, Levandovski «Espanol», «Atletiko» va «Betis»ga qarshi o'yinlarni maydon tashqarisida kuzatishiga to'g'ri keladi.