«Barselona» klubi Mundial tufayli yuzaga kelgan tanaffus paytida «Yuventus» bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin. "La Stampa" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, «ko'k-anorrangilar» mazkur bahsni 22 dekabr kuni o'tkazishni rejalashtirishmoqda. Bu paytda JCh-2022 yakunlanib, futbolchilar safga qaytishadi. Bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmoqda. Uchrashuv joyi va kuni so'roq ostida turibdi.