[b]Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Falastinga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki turda to'qnash kelgan va Falastinning sensacion g'alabasi bilan tugagan o'yinni hali ko'pchilik unutgani yo'q. Demak bugun o'sha mag'lubiyat uchun revansh olinishi va guruhda birinchi o'ringa qaytish juda ham zarur. Uchrashuv "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi va soat 17:00da boshlanadi. O'yinni Navaf SHukralla boshchiligidagi bahraynlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O'zbekiston va Falastin terma jamoalari shu kunga qadar o'zaro 4 marta o'yin o'tkazishgan. 3 marta vakillarimiz g'alaba qozonishgan, bitta uchrashuvda raqiblar ustun kelishgan. Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar natijasi 09.06.2004 O'zbekiston - Falastin 3:0 | JCH-2006 saralashi 08.09.2004 Falastin - O'zbekiston 0:3 | JCH-2006 saralashi 13.12.2014 O'zbekiston - Falastin 1:0 | O'rtoqlik uchrashuvi 05.09.2019 Falastin - O'zbekiston 2:0 | JCH-2022 saralashi Kecha ikkala jamoa bosh murabbiylari o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Vadim Abramov: "Argentina yuta olmasa birinchi bo'lib Messiga tanqid toshlari otiladi..." Falastin bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan o'yindan oldin bizni bitta savol qiynamoqda..." JCH-2022 saralashi 19 noyabr (seshanba) O'zbekiston – Falastin Bosh hakam: Navaf SHukralla Abdulla G'ayyat (Bahrayn) Yordamchi hakamlar: Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat (Bahrayn), Muhammad Jafar Muhammad Salmon (Bahrayn). Zaxira hakami: Ammar Ibrohim Hasan Mahfud (Bahrayn). Nazoratchi: CHi Ho Lam (Gonkong). Komissar: Song Huang (Xitoy).[/b] [readimg]https://championat.asia/upload/storage/527997_original.jpg[/readimg]