Kataloniyaning “Barselona” vakillari yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati birdaniga o'n nafar futbolchining o'yinlarini kuzatib boradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

"Ko'k-anorranglilar" uchun ustuvor vazifa - yangi o'ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash. Kataloniyaliklarning kuzatuvida Diogo Dalot, Benjamin Pavar, Toma Mene va Xuan Foyt bor.

Bundan tashqari, "Barselona" maydon markazini ham mustahkamlamoqchi. Kataloniyaliklar Yuri Tilemans, Ilkay Gundogan, Bernardu Silva va Marko Asensiolarning o'yinlarini kuzatib borishadi.

La Liga vitse-chempionining radaridagi hujumchilar ro'yxatida Rafael Leau va Yusuf Mukoko bor.