"Manchester Yunayted" "Barselona" hujumchisi Memfis Depayga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport.es.

Hujumchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy mavsumda u klub safida 3 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.

Oldinroq "Barsa" Depayni 5 million evroga sotishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Kataloniyaliklar futbolchining maoshini tejashni istaydi va u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan jamoaga o'tmoqchi.

Depay 2021 yilning iyul oyida "Barselona" safiga "Lion"dan tekinga qo'shildi.