Daniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Andreas Kristensen frantsiyalik hujumchi Olive Jiruni maqtadi.

26 noyabr kuni daniyaliklar jahon chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasidagi o'yinda frantsuzlarga qarshi maydonga tushishadi.

“Mening fikrimcha, Olive Jiru dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri. U juda kuchli va to'pni juda yaxshi qabul qiladi. Uning birinchi teginishi men futbolda ko'rgan eng yaxshilaridan biridir. Ha, u unchalik tez emas, lekin u jismoniy kuchi va ikkinchi qavatda harakat qilish qobiliyati tufayli jarima maydonchasida o'ta xavflidir”, - dedi Kristensen matbuot anjumanida.

Andreas Kristensen va Olive Jiru “Chelsi”da birga o'ynashgan. Daniyalik hozirda "Barselona"ga, frantsiyalik esa "Milan"ga tegishli.