"Barselona" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun izlanishlar olib bormoqda. Xabarlarga ko'ra, kataloniyaliklar Zagrebning "Dinamo" klubi hujumchisi Bruno Petkovichni kuzatishmoqda. 25 yoshli xorvatiyalik forvard " Barselona"da Luis Suaresning o'rnini egallashi mumkin. Petkovichning transfer narxi 8 million evroga baholamoqda. Hujumchi joriy mavsum 23ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assistga erishgan.