[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-530014_original.jpg[/readimg] [b]Yaqindagina futbolchilik faoliyatini yakunlagan ispaniyalik forvard David Vilya "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni dunyoning eng yaxshi hujumchisi deb hisoblaydi. "Keyn - hozirgi paytda dunyoning eng kuchli hujumchisidir. Xarri har hijatdan kuchli futbolchi va bu uni Evro-2020ning "Oltin butsa"si uchun asosiy davogarlardan biriga aylantiradi. "Tottenxem"da joriy mavsum ko'ngildagidek ketmayapti. Keynning kelajagi borasida esa hech narsa deb bo'lmaydi. U qaerda bo'lmasin, yaxshi futbolchi bo'lib qoladi va o'zining istedodini boshqa ligalarda ham namoyon qila oladi", - deydi Vilya. Eslatib o'tamiz, Keyn 12ta gol bilan Evro-2020 saralashida to'purar bo'ldi.[/b]