Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
"Real" darvozasini "Barselona" tarbiyalanuvchisi qo‘riqlashi mumkin
[readimg]https://static.sports.uz/crop/a00e863beb492e89f33e52e4a74e0bf1.jpg[/readimg]
U Kurtuaga o‘rinbosar bo‘lishi aytilmoqda.
Madridning "Real" klubi "Ayaks" darvozaboni Andre Onanani o‘z safisha qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 23 yoshli kamerunlik futbolchini kelajakda asosiy tarkib darvozaboniga aylantirmoqchi. Aytish kerakki hozirda “Real”ning asosiy posboni hisoblangan Tibo Kurtua tez-tez tanqidlarga uchrab turadi.
Ma’lumot uchun, Onana asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “Ayaks” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 18 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
UB
Fikrlar 1
Barcaga ot deganda otmading kurtua