[readimg]https://championat.asia/upload/storage/519024_original.jpg[/readimg] "Barselona" akademiyasi direktori Patrik Klyuyvert "PSJ" hujumchisi Neymarning qaytishi mumkinligi haqida gapirdi. Siz nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz, lekin ko'rganingizdek Neymar bilan shartnoma imzolash ayni hozirgi vaqtda oson emas. Ikkita sabab bor: Neymarning sotib olinishi bilan klub bu yerda bo'lgan ba'zi futbolchilarning rivojlanishini to'xtatib qo'yishi mumkin edi. Bu klub ichida hal qilinishi kerak bo'lgan qaror. Ha, Neymar ajoyib o'yinchi. Ammo bu xuddi o'sha pozitsiyada o'ynaydigan Ansu Fati yoki boshqa o'yinchilarni rivojlanishiga xalaqit beradi. Biz nima qilishni xohlaymiz ? Bu savolni o'zimizga berishimiz kerak. Neymarni qaytarishni xohlaymizmi ? Bizga o'sishi uchun yosh futbolchilar kerakmi ? Yoki aybni vaqtda ikkalasini xohlaymizmi ? - deya Klyuvertning so'zlarini keltiradiRAC1.