"Borussiya Dortmund" himoyachisi Toma Menega "Barselona"ga qiziqmoqda, ammo "ko'k anorranglilar" belgiyalikning faoliyatini davom ettirish uchun yagona variant emas. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchining xizmatlariga Italiya A Seriyasi va Angliya Premer-ligasi klublari ham qiziqish bildirmoqda. Hozircha manfaatdor jamoalar nomi e'lon qilinmagan.

Joriy mavsumda 31 yoshli Toma Germaniya Bundesligasida 8 ta o'yinda maydonga tushdi va birorta ham gol ura olmadi.