
Kataloniyaning "Barselona" klubi o'ng qanot himoyasi uchun uchta nomzodni ko'rib chiqmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, nomzoddfk ro'yxatiga "Vilyarreal"dan Xuan Foyt, "Manchester Yunayted"dan Diogo Dalot va "Bavariya"dan Benjamin Pavard kiritilgan.
"Barselona" yozgi transfer oynasida ro'yxatga olingan futbolchilarning har birini kuzatib bordi, ammo klub og'ir iqtisodiy vaziyat tufayli bu futbolchilardan birini qo'lga kirita olmadi. Vaqtinchalik echim “Barselona”ga tekinga kelib qo'shilgan Ektor Belerin edi.
Fikrlar 0