Bugun — 3 dekabr kuni Dohada JCh-2022 nimchorak final bosqichidan o'rin olgan dastlabki bahs bo'lib o'tmoqda. Niderlandiya terma jamoasi AQShga qarshi o'yinda hozircha 2:0 hisobida g'alaba qozonmoqda. Evropaliklarning dastlabki goliga «Barselona» hujumchisi Memfis Depay mualliflik qildi. Mazkur gol Mundillar tarixida "Barsa" vakili tomonidan urilgan 80-gol bo'ldi. Bu esa rekord natija hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha «Bavariya»ing natijasi 79 golga teng. Keyingi o'rinlarni «Real» (75) va «Inter» (71) egalllab turibdi.