
"Arsenal", "Barselona" va "Chelsi" klublarining sobiq yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Manchester Siti" hujumchilari Xulian Alvares va Erling Xoland dueti haqida gapirdi.
"Manchester Siti" Xulian Alvares va Erling Xoland bilan bu unchalik adolatli emas, shundaymi?" – deb yozdi jahon va Evropa chempioni ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o'tamiz, Qatardagi jahon chempionatida Alvares Argentina terma jamoasining asosiy hujumchisiga aylanib, turnirda to'rtta gol urib, unga g'alaba keltirgandi. Erling Xoland Angliya Premer-ligasida 13 uchrashuvda 18 ta gol urgan to'purar bo'lib turibdi.
Fikrlar 0