"PSJ" hujumchisi Lionel Messi parijliklar bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmaydi, deya xabar berdi L'Equipe.

Manbaga ko'ra, Leoga rafiqasi Antonella va uning farzandlari bosim o'tkazishmoqda. Shunda u "PSJ"ning yangilanish taklifini qabul qilmaydi, ular "Barselona"ga qaytishni xohlashadi va Antonella Messini "ko'k-anorranglilar"dan taklif tushsa, uni qaytishga ko'ndirishga harakat qilmoqda.

Antonella hozirda farzandlari bilan Barselonada.

Eslatib o'tamiz, Messining "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Unga "PSJ" 1+1 ko'rinishida shartnoma taklif qilmoqda.