"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta jamoaga Xavi Ernandesning yordamchisi sifatida qaytishini istisno qilmadi.

“Qaytib Xavining yordamchisi bo'la olamanmi? Menimcha, buning iloji yo'q, lekin ba'zi nuanslar, jumladan, vaqtni hisobga olgan holda, bu juda qiyin bo'ladi. Men shunchaki "Barselona" yana g'alaba qozonishini xohlayman. Umid qilamanki, qaysidir lavozimga bo'lsa ham qaytaman", - dedi Inesta Sport.es nashriga bergan intervyusida.

Hozirda Inesta o'z futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 31 yanvarida yakuniga etadi.