
Urugvaylik hujumchi Luis Suares kelajagi haqida deyarli bir qarorga keldi. U faoliyatini Meksikada davom ettirishga yaqin turibdi.
Fox Sports Mexico xabariga ko'ra, "Kruz Azul" Suaresga juda yaxshi maosh taklif qilgan - yiliga olti million dollar. Bunday maoshni Suares so'nggi yillarda hatto Evropada ham olmagan. Shartnoma ikki yillik muddatga imzolanadi.
Sport jihatiga kelsak, "Kruz Azul" Meksika chempionatining etakchi jamoalaridan biridir. Klub oxirgi marta 2018 yilda chempion bo'lgan.
Fikrlar 0