Kataloniyaning “Barselona” klubi bir necha futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmoqchi, bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" himoyachilar Markos Alonso va Ronald Arauxo hamda yarim himoyachi Gaviga yangi shartnomalar taklif qilmoqchi.

Ispaniya chempionatining 14-turidan keyin “Barselona” 37 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Xavi Ernandes shogirdlari ikkinchi o'rindagi "Real"dan ikki ochkoga oldinda.