"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Frank Kessie va qanot himoyachisi Ektor Belerin qishki transfer oynasida sotilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Ishonchimiz komilki, Kessie va Belerin mavsumning ikkinchi yarmida yaxshi o'yin namoyish etadi", - dedi Laporta.

Har ikki futbolchi yozda jamoaga kelib qo'shilgan.

26 yoshli ivuarlik futbolchi 17 ta, 27 yoshli ispaniyalik atigi 5 ta o'yin o'tkazgan.