"Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavar "Barselona"ga o'tishga tayyor. Sport.es xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi o'ng qanot himoyasida o'ynashga rozi bo'lgan.

Hozircha hammasi Benjaminning "Bavariya" bilan 2024 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmasligi uchun ketmoqda. Uning transferi kelasi yozda "Barselona"ga atigi 15 million evroga tushishi mumkin.