
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Argentinaning JCh-2022dagi g'alabasi haqida gapirdi.
“Lionel Messining orzusi ushaldi. U futbolda hamma narsaga erishdi. Bu dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Uning ajoyib o'yinini butun dunyo tomosha qildi. U haqli ravishda chempionlik unvoniga loyiq edi", - deydi 34 yoshli polshalik.
Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Frantsiyani dramatik o'yinda mag'lub etdi (3:3, penaltilar bo'yicha 4:2).
Fikrlar 0