Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay "Nyukasl"ga o'tmaydi. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, ingliz klubi rahbariyati "Barselona" bilan futbolchining transferi borasida muzokaralar olib bormayapti.

Jurnalistning qayd etishicha, Depayning kelajagi yanvar oyida aniqlanadi. 28 yoshli hujumchi faoliyatini qaerda davom ettirishi hozircha ma'lum emas.

Memfisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Depay Ispaniya chempionatining atigi ikkita uchrashuvida qatnashib, bitta gol urdi.