
Braziliyalik hujumchi Filippe Koutino "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emerining rejalariga kirmayapti, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi 30 yoshli futbolchini qishki transfer oynasidayoq sotishga harakat qiladi.
"Aston Villa" Koutinoni "Barselona"dan 2022 yilning yozida 20 million evro evaziga sotib olgan edi. Bungacha u Birmingem klubida 6 oy ijara asosida o'ynagan.
Joriy mavsumda Koutino 13 ta o'yinda maydonga tushdi va gol ura olmadi.
Fikrlar 0