"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoadagi kelajagi haqida bir qarorga keldi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, futbolchi kataloniyaliklar bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirishdan bosh tortgan. U Evropani tark etib, MLSda faoliyatini davom ettirmoqchi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

16 dekabr kuni 34 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

2022/23 yilgi mavsumda Buskets barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.