
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, "Barselona" yozda "Monako" himoyachisi Benua Badiashileni sotib olishi mumkin.
Shu sababdan kataloniyaliklar 21 yoshli frantsiyalik futbolchini hozirgi jamoasida yana olti oy qolishga ko'ndirishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" va "Monako" Badiashilening 35-40 million evroga transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga o'tishgan.
Futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o'zi "ko'klar"ning dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan iborat jamoa tuzishga asoslangan loyihasini afzal ko'radi.
Fikrlar 0