Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Yussufa Mukoko o'tgan yozda "Barselona"ga o'tishi mumkin edi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, kataloniyaliklar yozda Robert Levandovski o'rniga aynan Mukoko bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan, biroq 18 yoshli nemisning transfer narxi klubga qimmatlik qilgan.

Mukoko Transfermarkt portalida 30 million evroga baholangan. Uning dortmundliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi.