Albaniya terma jamoasini braziliyalik Silvino qabul qilib oldi, deya xabar bermoqda terma jamoa matbuot xizmati.

48 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda italiyalik Edoardo Reyni o'rnini egalladi.

Silvino futbolchi sifatida "Korintians", "Arsenal", "Selta", "Barselona" va "Manchester Siti" klublarida o'ynagan. Faoliyatini yakunlaganidan so'ng u Braziliya olimpiya terma jamoasini boshqargan, shuningdek, "Lion" va "Korintians"da ishlagan, 2022 yilning fevralida u erdan ishdan bo'shatilgan.

Silvinoning vazifasi Evro-2024 saralash bosqichida Polsha, Chexiya, Farer orollari va Moldova terma jamoalari bilan bo'ladigan o'yinlarda muvaafaqiyatli ishtirok etish bo'ladi.