Kataloniyaliklar uchun ortiqcha xarajat yuzaga keldi

La Liga rasmiy sayti xabariga ko'ra, moliyaviy feyr-pley tufayli "Barselona" 800 000 evro jarimaga tortildi. Kataloniyaliklar bu qaror ustidan shikoyat qilishga harakat qiladi.

Avvalroq "ko'k-anorranglilar" moliyaviy muammolar sabab Gavini asosiy tarkibda ro'yxatdan o'tkaza olmagani, shuningdek yanvarda yangi o'yinchilar xarid qilmasligi ma'lum bo'lgandi.