Ispaniya kubogi 1/16 finalida “Barselona” safarda “Intersiti” bilan o'ynadi. Bahsda kataloniyaliklar 4:3 hisobida g'alabaga erishdi. Asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlandi.

“Barselona” safida asosiy vaqtda Ronald Arauxo, Usmon Dembele va Rafinya Dias gol urishdi. "Intersiti"da 21 yoshli yarim himoyachi Oriol Soldevila xet-trik qayd etdi.

1-qo'shimcha bo'limda kataloniyaliklarni 103-daqiqasida gol urgan Ansu Fati "Barselona"ni 1/8 finalga olib chiqdi.

Intersiti – Barselona 3:4

5 yanvar, 01.00, «Xose Riko Peres»

Gollar: 0:1 – 4 Arauxo, 1:1 – 59 Soldevila, 1:2 – 66 Dembele, 2:2 – 74 Soldevila, 2:3 – 77 Rafinya, 3:3 – 86 Soldevila, 3:4 – 103 Fati.

Intersiti – Kampos, Jayme (Nsue, 82), Galves (Herrera, 46), Pérez (Angong Ebolo, 94), Murria Soriano, Kristo Romero, Soldevila, Mari, Royxe (Koffi, 65), Belotti (Eneko Undabarrena, 82), Piñán (Shemi, 67).

Barselona – Penya, Belerin (Alonso, 83), Kunde, Arauxo (Erik Garsiya, 60), Alba, Buskets, Kessie, Torre (Gavi, 60), Depay (Fati, 74), Dembele (Balde, 105), Ferran Torres (Rafinya, 61).

Ogohlantirishlar: Torre (50).