Bu haqda klub prezidenti Joan Laporta jurnalist Fabritsio Romanoga xabar berdi.

"Yaqin vaqtlar ichila Usmon Dembele bilan yangi shartnomani muhokama qilamiz. U yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. PSJdan qiziqish? Dembele 70 million evroga ham sotilmaydi, umuman u hech qancha summaga sotilmaydi!", - dedi Laporta.

Ushbu mavsumda 25 yoshli frantsuz barcha turnirlarda 23 o'yinda qatnashib, 6 gol va 7 assist qayd etdi.